date

G‘azoga yo‘l olgan yordam kemalari ob-havo sabab ortga qaytdi

G‘azoga yo‘l olgan yordam kemalari ob-havo sabab ortga qaytdi

Ispaniyaning Barselona shahridan G‘azo tomon yo‘l olgan gumanitar kemalar karvoni kuchli bo‘ron sabab qaytishga majbur bo‘ldi. Dushanba kuni tashkilotchilar ma’lum qilishicha, yakshanba kuni dengizga chiqqan o‘nlab qayiq va kemalar orasida iqlim faoli Greta Tunberg ham bo‘lgan.

“Biz sinov suzishini o‘tkazdik va bo‘ron o‘tib ketishi uchun portga qaytdik. Bu kichik qayiqchalarda asoratlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida qilingan,” – deyiladi bayonotda. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, shamol tezligi soatiga 56 kilometrgacha yetgan.

Tashkilotchilar safarning qachon davom ettirilishini hozircha ochiqlamagan. Kemalar guruhi Isroilning dengiz to‘sig‘ini yorib o‘tish va G‘azo sektoriga oziq-ovqat hamda gumanitar yordam yetkazishni maqsad qilgan.

Isroil 2007-yildan beri G‘azoga dengiz to‘sig‘ini qo‘llab kelmoqda. Rasmiylar bu chorani “Hamas” jangarilariga qurol yetkazilishining oldini olish uchun zarur deb biladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azoga yo‘l olgan yordam kemalari ob-havo sabab ortga qaytdi