date

Moskva davlat universitetida AI fakulteti ochildi

Moskva davlat universitetida AI fakulteti ochildi

Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida sun’iy intellekt sohasiga ixtisoslashgan yangi fakultet tashkil etildi. Bu haqda TASS agentligiga oliygoh rektori Viktor Sadovnichiy ma’lum qildi.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, yangi fakultet turli yo‘nalishlarni yagona tizimga jamlab, sohaga mutaxassislarni har tomonlama tayyorlashga xizmat qiladi. Shuningdek, u ilmiy izlanishlarning turli jabhalarida sun’iy intellekt texnologiyalarini keng qo‘llash imkonini beradi.

Hozirgi paytda universitet qoshida Sun’iy intellekt tadqiqot markazi, AI instituti va “Intellect” jamg‘armasi faoliyat yuritmoqda.

Yangi fakultetga abituriyentlar qabul qilinishi 2026 yildan boshlanishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva davlat universitetida AI fakulteti ochildi