date

AQSh hujumi: Venesuela qayig‘i yo‘q qilindi, 11 kishi halok bo‘ldi

AQSh hujumi: Venesuela qayig‘i yo‘q qilindi, 11 kishi halok bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Karib dengizida Venesueladan chiqqan bir qayiqqa zarba berilgani va unda 11 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, qayiq AQShga noqonuniy moddalar olib kirishga harakat qilgan.

Tramp bu harakat Venesueladagi jinoyatchilar guruhi a’zolariga qarshi qaratilganini aytdi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, amaliyot vaqtida AQSh kuchlariga zarar yetmagan.

Venesuela hukumati Tramp e’lon qilgan videoni soxta deb atadi. Xalqaro axborot agentliklari esa videoning haqiqiyligini tekshirishda davom etmoqda.

So‘nggi paytlarda AQSh va Venesuela o‘rtasidagi keskinlik kuchaymoqda. Prezident Maduro AQSh harakatlarini qoralab, mamlakatini himoya qilishini aytdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh hujumi: Venesuela qayig‘i yo‘q qilindi, 11 kishi halok bo‘ldi