date

Ayollar supurgi bilan hukumatga qarshi chiqdi

Ayollar supurgi bilan hukumatga qarshi chiqdi
Indoneziya poytaxti Jakartada yuzlab ayollar pushti kiyim kiyib, qo‘llarida supurgi bilan parlament oldida namoyish o‘tkazdi. Ular davlat mablag‘larining isrofgarchiligi va politsiya zo‘ravonligiga qarshi chiqib, supurgini “davlatdagi kirlarni supurib tashlash” ramzi sifatida ishlatishdi.

Namoyishlar ikki haftadan beri davom etmoqda. Ular hayot qimmatlashuvi va deputatlarning ortiqcha imtiyozlari sababli boshlangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, avgust oxirida bo‘lib o‘tgan noroziliklarda kamida 10 kishi halok bo‘lgan, mingdan ortiq odam shifoxonaga yotqizilgan.

Prezident Prabovo Subianto dastlab Xitoyga safarini bekor qilishini aytgan edi, biroq keyinchalik Pekinda o‘tkazilgan harbiy paradda qatnashgani ko‘rildi. U deputatlarning ayrim imtiyozlarini qisqartirishini va’da qildi, ammo namoyishchilar bu qarorni yetarli deb hisoblamayapti.

BMT va inson huquqlari tashkilotlari Indoneziya hukumatini namoyishlarga zo‘ravonlik bilan javob bergani uchun tanqid qildi. Mutaxassislar esa xalq kengroq islohotlar – tenglik, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va adolatli iqtisodiy imkoniyatlarni kutayotganini aytmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayollar supurgi bilan hukumatga qarshi chiqdi