Donald Tramp berayotgan va’daga ko‘ra, uning ma’muriyati hukumat tepasiga kelishi bilan, AQSh tashqi siyosatda yangi yo‘nalish oladi. Bu haqda Sputnik sayti xabar berdi.
"Bizning tashqi siyosatimiz yangicha yo‘nalishga muhtoj", — deb aytgan Tramp Orlandoda o‘z tarafdorlari qarshisida chiqish qilar ekan.
Tramp, shuningdek, "chet el davlatlarini qayta qurgandan ko‘ra, o‘z mamlakatimizni qayta quramiz", deya ta’kidlagan.
"Biz uzoq vaqtgacha bir mamlakatdan ikkinchisiga mas’uliyatsiz bostirib kirishlarni amalga oshirdik, u davlatlar haqida sizlarning ko‘pchiligingiz eshitmagansiz ham, bu aqlsizlik va bu barham topishi kerak! Tramp ma’muriyati eng avvalo AQSh milliy manfaatlari haqida qayg‘uradi", — deya ta’kidlagan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, Tramp 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda AQSh prezidenti etib saylangan edi. U 20 yanvar kuni qasamyod qabul qilgach, o‘z prezidentlik vakolatlarini qabul qilib oladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi