Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Moskva va Bok-u o‘rtasida ma’lum muammolar mavjud bo‘lsa-da, ikki davlat aloqalari uzoq muddatli manfaatlar asosida o‘z iziga tushadi.
Davlat rahbari Xitoyga tashrifi davomida ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev bilan qisqa muloqot qilgani haqida ma’lum qildi.
“Mamlakatlar o‘rtasida aloqalarda doim vaqtdan kelib chiqadigan turli savollar paydo bo‘ladi. Muammolar yo‘q emas. Bugun biz Prezident Aliyev va uning turmush o‘rtog‘i bilan ko‘rishdik, bir necha og‘iz gaplashdik. O‘ylaymanki, Rossiya va Ozarbayjon munosabatlarining poydevori, ularning rivojlanishidan o‘zaro manfaatdorlik oxir-oqibat barcha holatlarni o‘z joyiga qo‘yadi”, — dedi Putin Xitoyga tashrif yakunida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, 3 sentyabr kuni Pekindagi g‘alaba paradi oldidan Vladimir Putin va Ilhom Aliyev SHHT sammitida qatnashishgan. Yig‘ilish davomida har ikki yetakchi boshqa davlat rahbarlari bilan bir qator ikki tomonlama muloqotlar o‘tkazdi, biroq o‘zaro rasmiy uchrashuv tashkil etilmadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ozarbayjon munosabatlari avval AZAL aviakompaniyasi samolyoti urib tushirilishi, keyinchalik esa Yekaterinburgda ozarbayjon diasporasi vakillari halok bo‘lishi ortidan jiddiy tarzda sovushi kuzatilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!