date

London Ukraina armiyasi uchun 1 milliard funtlik yordam berdi

London Ukraina armiyasi uchun 1 milliard funtlik yordam berdi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili Kiyevga tashrifi davomida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalangan holda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

3 sentyabr, chorshanba kuni Britaniya vaziri Rossiya Federatsiyasidan olib qo‘yilgan mablag‘lar 1 milliard funt sterlingdan ortiq miqdorda qurol-yaroq va boshqa harbiy vositalar sotib olishga sarflanganini ma’lum qildi.

Shu yo‘l orqali Ukrainaga yuz minglab artilleriya oq-dorilari, yuzlab zenit-raketa tizimlari va qurollar uchun ehtiyot qismlar taqdim etilib, shuningdek, harbiy texnika va transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash bo‘yicha yangi shartnomalar tuzish imkoniyati yaratildi, deb xabar berdi Buyuk Britaniya hukumati rasmiy veb-sayti.

So‘nggi 50 kun ichida Ukraina Buyuk Britaniyadan 4,7 million o‘q-dorilar, 60 ming artilleriya oqlari, raketalar va raketa tizimlari, 2,5 mingdan ortiq dronlar, 200 dan ortiq elektron urush vositalari, 100 ta birlik yengil qurollar, 30 ta maxsus texnika va havo mudofaasi uchun qo‘shimcha jihozlar olgani qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » London Ukraina armiyasi uchun 1 milliard funtlik yordam berdi