date

16 yoshdan kichiklarga energetik ichimliklari taqiqlanishi mumkin

16 yoshdan kichiklarga energetik ichimliklari taqiqlanishi mumkin

Angliyada 16 yoshga to‘lmagan yoshlar uchun do‘konlar, restoranlar, kafelar, savdo avtomatlari va internet orqali Red Bull, Monster va Prime kabi mashhur energetik ichimliklarni sotish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda BB xabar berdi. Hukumat tegishli qonunni qabul qilish yo‘lida qadam tashlamoqda va buning maqsadi yoshlar sog‘lig‘ini muhofaza qilishdir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada bolalarning taxminan uchdan biri har hafta kamida bir marta energetik ichimliklar iste’mol qiladi. Bu holat orqali yoshlar orasida kofein iste’moli ko‘payishi kuzatiladi. Aksariyat supermarketlar allaqachon ixtiyoriy ravishda bunday ichimliklarni 16 yoshdan kichiklarga sotmaslik tartibini joriy qilgan.

Energetik ichimliklar ba’zan ikki stakan qahvadan ham ko‘proq kofeinga ega bo‘lishi mumkin. Ortiqcha iste’mol bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, yurak tezligi va yurak ritmi buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu bois, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Uyes Striting ta’kidladiki, “Bu ichimliklarning yoshlarga ta’sirini ko‘rish mumkin, shuning uchun biz tegishli chora-tadbirlarni ko‘ryapmiz”.

Qonun loyihasini muhokama qilish jarayoni 12 hafta davomida olib boriladi. Bu payt mobaynida sog‘liq va ta’lim sohasi mutaxassislari, jamoatchilik, chakana savdo tarmoqlari va ishlab chiqaruvchilar fikrlari to‘planadi. Taqiqning amalga kirishi parlament muddati tugashidan ancha oldin kutiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 16 yoshdan kichiklarga energetik ichimliklari taqiqlanishi mumkin