date

Folbin ayolni 4 million rubldan ko‘proq pulga chuv tushirdi

Folbin ayolni 4 million rubldan ko‘proq pulga chuv tushirdi

Belgorod viloyatida yashovchi 42 yoshli ayol sehr-joduga ishonib, firibgarning qurboniga aylandi. U oilasini "laʼnatdan qutqarish" uchun to‘rt oy ichida folbinga 4 million rubldan ortiq pul o‘tkazgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa ayolning internetda “sehrli xizmatlar” reklamasiga ko‘zi tushib qolishidan boshlangan. Folbin bilan bog‘lanish uchun u post ostiga “Shunday bo‘lsin” deb yozgan va tez orada javob olgan.

Birinchi marta “marosim uchun sham” sotib olish bahonasida undan 2 ming rubl olingan. Oradan ko‘p o‘tmay, folbin ayolning oilasidagi barcha a’zolar go‘yo “laʼnatlangan”ligini va uni zudlik bilan olib tashlash kerakligini aytgan.

Shundan so‘ng to‘rt oy davomida ayol muntazam pul yuborib kelgan. To‘plangan summa 4 million rublga yetgan, biroq uning hayotida hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan. Vaziyatni yanada shubhali qilgani — folbin undan “yakuniy marosim” uchun butun kvartirasini sotishni ham talab qilganidir.

Shuningdek, “Gubkinskiy” shahar IIB maʼlumotiga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida viloyatda 70 nafar fuqaro masofaviy o‘g‘rilik va telefon firibgarligi qurboni bo‘lgan. Umumiy zarar 30,4 million rubldan oshib ketgan, shundan qariyb 6 millioni kredit mablag‘lari hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Folbin ayolni 4 million rubldan ko‘proq pulga chuv tushirdi