Donald Tramp AQShning Mobil shahridagi (Alabama shtati) tarafdorlari oldida chiqish qilib, Mishel Obamaning u haqidagi gaplariga o‘z munosabatini bildirdi. Gap shundaki, Barak Obamaning rafiqasi respublikachining AQSh prezidenti lavozimini egallashi Amerika xalqining mamlakatdagi yangilanishlarga bo‘lgan umidlarini chippakka chiqarishini aytgandi. "Kun" nashri shu haqida xabar bermoqda.
"Kecha Mishel Obama umidlar chipakka chiqqanini aytdi. Tushunishimcha, u kelajak haqida emas, o‘tmish haqida gapirdi. Bizda esa, aksincha, katta umidlar va ulkan salohiyatlar mavjud. Biz misli ko‘rilmagan buyuk davlat bo‘lamiz", - deya ishonch bilan ta’kidladi Tramp.
"Ssenariy hozircha yozilmagan. Biz ertaga tarixning qaysi bobi o‘zgarishini bilmaymiz. Biroq uzoq yillar davomida birinchi marta shuni aniq bilamizki, bu sahifalarning har biri siz tomoningizdan yoziladi", - deya va’da berdi respublikachi o‘n minglab tarafdorlariga yuzlanib.
"Yaqinda turmush o‘rtog‘im Melaniya bilan Oq uyda bo‘ldik. Prezident va uning ayoli biz bilan juda yaxshi muomala qilishdi. Umid qilamanki, Mishel Obama boshqa narsani nazarda tutgan va shunchaki o‘z fikrini noto‘g‘ri bayon etgan", - deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Mishel Obama juma kuni Opra Uinfriga bergan intervyusida Oq uyga Trampning kelishi Barak Obama davrida 8 yil davom etgan "umidlar va o‘zgarishlar" davriga chek qo‘yishini aytgan. "Hozir biz umidsizlik nima ekanini his qilmoqdamiz", - degan 44-davlat rahbarining turmush o‘rtog‘i. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”