date

Sochi tog‘larida yo‘qolgan alpinist kutilmaganda topildi

Sochi tog‘larida yo‘qolgan alpinist kutilmaganda topildi

Sochi tog‘larida bir hafta davomida qidirilgan 58 yoshli alpinist Sergey Melnikov sog‘-salomat topildi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Janubiy qidiruv-qutqaruv xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, u tog‘ tizmasining narigi tomoniga o‘tib, Aibga qishlog‘iga yetib borgan. Chegarachilar uni shu yerda topib, xavfsiz joyga olib chiqqan. Rossiya alpinizm federatsiyasi vitse-prezidenti Aleksandr Pyatnitsin so‘zlariga ko‘ra, Melnikovning sog‘lig‘i yaxshi, tibbiy yordamga ehtiyoji yo‘q.

Qidiruv ishlari bir hafta davom etdi. Aibga qishlog‘i Rossiya va Abxaziya chegarasida, dengiz sathidan 840 metr balandlikda joylashgan.

Sergey Melnikov Rosa Xutor tog‘-chang‘i kurortining fotoxizmatida faoliyat yuritadi. U 29 avgust kuni gid sifatida ikki nafar sayyoh bilan tog‘ga chiqqan. Biroq, bir kundan keyin sayyohlar faqat o‘zlari qaytib kelib, u charchagani bois pastga tusha olmaganini aytishgan.

Shunday qilib, xavotirli bir haftadan so‘ng alpinistning sog‘-omon topilishi uning yaqinlari va qutqaruvchilar uchun haqiqiy quvonch bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sochi tog‘larida yo‘qolgan alpinist kutilmaganda topildi