date

Isroil Oliy sudi: Falastinlik mahbuslar yetarlicha ovqatlanmayapti

Isroil Oliy sudi: Falastinlik mahbuslar yetarlicha ovqatlanmayapti

Isroil Oliy sudi hukumat falastinlik mahbuslarni kerakli va sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlamaydi, degan xulosaga keldi

Britaniyaning The Guardian nashriga ko‘ra, sudyalarning fikriga ko‘ra mahkumlarning hozirgi oziq-ovqat ta’minoti qonunlarda belgilangan standartlarga mutlaqo muvofiq kelmaydi va ularning sog‘lig‘ini va asosiy ehtiyojlarini qondirmaydi. Shu munosabat bilan Isroil qamoqxona xizmati – Shabbas – falastinlik mahbuslarni zarur miqdorda va sifatda oziq-ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishi shartligi ta’kidlandi.

Oliy sudning mazkur qarori o‘tgan yili mamlakatda fuqarolik huquqlari assotsiatsiyasi (ACRI) va Isroilning Gisha inson huquqlari guruhi tomonidan taqdim qilingan petitsiyaga javoban qabul qilindi. Unda qamoqxonalarda falastinlik mahbuslarning ochlik va yetarli oziq-ovqatsizlik bilan duch kelishi holatlari da’vo qilingan.

Shu bilan birga, mamlakatdagi axloq tuzatish muassasalariga mas’ul bo‘lgan Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Oliy sud qarorini qat’iy tanqid qildi va uni “terrorchilarni HAMAS harakatidan himoya qilish” deb ta’rifladi. Bu esa mamlakat siyosati va qamoqxona tizimidagi munosabatlar bilan bog‘liq murosasiz fikrlarni ochiq ko‘rsatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sudning qaroridan so‘ng qamoqxona xizmati mahbuslarning oziq-ovqat bilan ta’minlanishini nazorat qilish va bu borada zarur islohotlar amalga oshirish bo‘yicha yangi choralar ko‘rishi kutilmoqda. Muttaxassislar ta’kidlashicha, bu qaror inson huquqlari va mahbuslar farovonligini ta’minlashda muhim qadam sanaladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Oliy sudi: Falastinlik mahbuslar yetarlicha ovqatlanmayapti