Fransiyada siyosiy inqiroz: Bosh vazir iste’foga chiqmoqda

Fransiyada siyosiy inqiroz: Bosh vazir iste’foga chiqmoqda

Fransiyada siyosiy inqiroz: Bosh vazir iste’foga chiqmoqda
Fransiya Milliy Assambleyasi Bosh vazir Fransua Bayru hukumatiga ishonchsizlik bildirib, uni 364 ovoz bilan rad etdi. Bayru endi iste’fo arizasini Prezident Emmanuel Makronga taqdim etadi.

Makron yangi bosh vazir tayinlashi yoki parlamentni tarqatib, saylov o‘tkazishi mumkin. Ba’zi partiyalar esa prezidentning o‘zini ham iste’foga chaqirmoqda.

Bayru mamlakat qarzini kamaytirish uchun pensiyalar va ijtimoiy to‘lovlarni muzlatishni taklif qilgan edi. Ammo chap va o‘ng partiyalar bunga qarshi chiqib, hukumatni qulatdi.

Mutaxassislar Fransiyani katta moliyaviy muammolar kutayotganini aytmoqda. Shu bilan birga, aholining asosiy tashvishi turmush qimmatligi, xavfsizlik va immigratsiya masalalari bo‘lib qolmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Oqiljon Muhammad
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar