date

Tunis Greta Tunberg qatnashgan kemaga hujum qilinganini rad etdi

Tunis Greta Tunberg qatnashgan kemaga hujum qilinganini rad etdi
Tunis hukumati G‘azoga yordam olib ketayotgan, ichida Greta Tunberg ham bo‘lgan kemaga dron bilan hujum qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Flotiliya tashkilotchilari Portugaliya bayrog‘i ostida yurgan kema Tunis yaqinida turganida zarbaga uchraganini va yong‘in chiqqanini aytgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, barcha yo‘lovchilar va ekipaj omon qolgan.

Tunis Milliy gvardiyasi esa hech qanday dron qayd etilmaganini, portlashning kema ichidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.

Flotiliya o‘tgan hafta Barselonadan yo‘lga chiqqan bo‘lib, uning maqsadi G‘azoga insonparvarlik yordamini yetkazish edi. Bunga o‘xshash kemalar ilgari ham Izroil tomonidan to‘xtatilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tunis Greta Tunberg qatnashgan kemaga hujum qilinganini rad etdi