date

Tramp Yevropani Xitoy va Hindistonga boj qo‘yishga chaqirdi

Tramp Yevropani Xitoy va Hindistonga boj qo‘yishga chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqini Xitoy va Hindistonga 100 foizgacha boj joriy etishga undadi. Unga ko‘ra, bu choralar Rossiya prezidentiga bosim o‘tkazib, Ukrainadagi urushni tugatishga yordam berishi kerak.

Trampning taklifi Rossiya hujumlari kuchayib borayotgan paytda bildirildi. O‘tgan dam olish kunlari Kiyevdagi hukumat binosi raketa zarbasiga uchradi, Donbasda esa pensiya olish uchun navbatda turgan 20 dan ortiq fuqaro halok bo‘ldi.

Tramp vaziyatdan norozi ekanini aytib, Rossiyaga qarshi yanada qattiqroq sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligini bildirdi. U yaqin kunlarda Putin bilan telefon orqali suhbatlashishni ham rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Xitoy va Hindiston Rossiya neftining eng katta xaridorlari hisoblanadi. Shu sababli ularga qarshi boj choralarini kuchaytirish Rossiya iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Yevropani Xitoy va Hindistonga boj qo‘yishga chaqirdi