date

Isroil bosh vaziri: «Terroristlarga boshpana berganlar javob beradi»

Isroil bosh vaziri: «Terroristlarga boshpana berganlar javob beradi»

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 2023 yil 7 oktyabr kuni sodir etilgan qonli terakt ishtirokchilariga «panoh» bergan davlatlarga murojaat qilib, ularni chiqarish yoki sud oldiga olib kelishni talab qildi. Uning ta’kidlashicha, bu vazifani davlatlar o‘zlari bajarmasa, Isroil albatta amalga oshiradi.

— Va men Qatarga va terrorchilarni yashirgan barcha mamlakatlarga murojaat qilaman: ularni chiqaring yoki javobgarlikka torting. Agar siz buni amalga oshirmasangiz, biz amalga oshiramiz, — dedi Netanyahu Isroil hukumati rasmiy saytida e’lon qilingan nutqida.

Shu bilan birga, u birinchi marta Isroil zarbasiga uchragan davlat sifatida Qatarni tilga oldi. 9 sentyabr kuni mazkur davlat hududiga Isroil tomonidan raketa yo‘llanib, HAMAS rahbariyatiga tegishli manzil nishon qilindi. Bu hujum oqibatida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bilvosita muzokaralarda qatnashgan falastinlik harakat vakillari halok bo‘ldi.

Netanyahu nutqi 2000 yil 11 sentyabrda AQSHda sodir etilgan terakt qurbonlarini yodga olish marosimida aytildi. U o‘sha voqeani HAMASning Isroilga qilgan hujumi bilan qiyosladi. Isroil rahbarining fikricha, Isroilning terroristlarga qarshi amalga oshirayotgan hujumlari AQSHning Afg‘oniston va Pokistonda «Al-Qoida» a’zolarini ta’qib etganidan hech qanday farq qilmaydi.

Netanyahu so‘zlariga ko‘ra, Isroil o‘z fuqarolarini himoya qilishda hech kimdan hech qanday ruxsat so‘ramaydi va bu yo‘nalishda keskin choralar ko‘rishdan qaytmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil bosh vaziri: «Terroristlarga boshpana berganlar javob beradi»