date

Charli Kirkga suiqasddan so‘ng Oq uy atrofida xavfsizlik kuchaytirildi

Charli Kirkga suiqasddan so‘ng Oq uy atrofida xavfsizlik kuchaytirildi

AQSH Maxfiy xizmati vakillari Oq uy perimetrida qo‘shimcha xavfsizlik choralari joriy etilganini rasman tasdiqlashdi. Ularga ko‘ra, bu qaror konservativ siyosiy faol Charli Kirkka qaratilgan suiqasd oqibatida qabul qilingan. RIA «Novosti» tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, choralar prezident va davlat muassasalari atrofida xavfsizlikni yanada kuchaytirish maqsadida amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, Maxfiy xizmatning boshqa manbalari cheklovlar vaqtinchalik ekanini qayd etishdi. Ularga ko‘ra, xavfsizlikka oid maxsus to‘siqlar va cheklovlar shu hafta yakuniga qadar olib tashlanishi mumkin.

The Wall Street Journal xabar berishicha, AQSH Maxfiy xizmati prezident Donald Trampning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashda choralarni kuchaytirmoqda. Washington Post esa Oq uy atrofida himoya qurilmalari o‘rnatilganini yozdi.

Eslatib o‘tamiz, Charli Kirk 10 sentyabr kuni Yuta universiteti kampusi hovlisida nutq so‘zlayotgan paytda otib o‘ldirilgan. O‘q uning bo‘yniga tegib, faol shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Fojeadan so‘ng AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakat bo‘ylab bayroqlarni pasaytirish haqida farmon berdi. Vitse-prezident J.D. Vens esa marhum faolning yaqinlari bilan suhbatlashish maqsadida rejalashtirilgan Nyu-York safariga borishni bekor qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Charli Kirkga suiqasddan so‘ng Oq uy atrofida xavfsizlik kuchaytirildi