date

Istanbulda taksichi Valeriya va Prigojinni 12 ming dollarga aldadi

Istanbulda taksichi Valeriya va Prigojinni 12 ming dollarga aldadi

Turkiya politsiyasi rossiyalik mashhurlarga o‘g‘irlangan mablag‘larini qayta olishda yordam ko‘rsatdi. Istanbulda qo‘shiqchi Valeriya va uning turmush o‘rtog‘i, prodyuser Iosif Prigojin turk makkor taksi haydovchisining qo‘liga tushib qolishdi.

Hodisa haqida turli manbalar yozmoqda. Rossiyalik mehmonlar taksiga chiqqan paytda haydovchi yo‘l uchun 30 dollar to‘lov so‘ragan va barchasini oldindan — karta orqali amalga oshirishni talab qilgan.

Bir necha marta u to‘lov o‘tmaganini aytgan holda, terminalni qayta-qayta uzatib, to‘rtinchi martagacha Prigojindan kartani qo‘yishini so‘ragan. Har safar taksichi prodyuserning plastik kartasidan foydalangan va oxir-oqibat Iosif Prigojin aldanayotganini anglab yetgan.

Natijada Prigojinning hisobidan jami 12 ming dollar yechilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mablag‘ to‘rt qismda, har biri 3000 dollardan amalga oshirilgan.

Yaxshiyamki, prodyuser taksi avtomobilni suratga olib qolishga ulgurgan va politsiyaga murojaat qilgan. Qonun posbonlari tez orada firibgarni qo‘lga olishdi.

Taksi haydovchisi politsiya bo‘limiga olib kelindi, u kechirim so‘rashga va pullarni qaytarishga majbur qilindi. Valeriya va Prigojin barcha mablag‘ni naqd holda, turk lirasida qo‘lga qaytarib olishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulda taksichi Valeriya va Prigojinni 12 ming dollarga aldadi