Yaponiyaning Shizuoka prefekturasida mamlakat tarixida hali kuzatilmagan darajada kuchli tornado qayd etildi, deb yozadi The Guardian. Mutasaddilarning ma’lumot berishicha, tabiiy ofat shkala bo‘yicha 3-darajali intensivlikka ega bo‘lib, shamol tezligi soatiga 270 kilometrga yetgan.
Natijada 89 kishi turli jarohatlar olgan, minglab aholi uy-joysiz qolgan. Ayniqsa, Makinohara va Yoshida tumanlari eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar sifatida qayd etildi. Kuchli shamol transport vositalarini ag‘darib yuborgan, 1,200 dan ziyod bino va turli inshootlarga katta zarar yetkazgan.
Yaponiya tarixida 1961 yildan beri 13 marta tornado ro‘y bergan, ammo bu galgidek kuchli halokat hali qayd etilmagandi. Mutaxassislar tornado sababini tropik bo‘ron Peipah bilan bog‘lashmoqda. U mamlakatning turli hududlariga kuchli yomg‘ir va dovul olib keldi.
Hodisa davomida 24 kishi jarohatlangan, 40 dan ziyod uy vayron bo‘lgan, shuningdek, 14 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qolgan. Hokimiyat organlari ofatdan oldin ehtiyot chorasi sifatida 600 mingdan ortiq aholini evakuatsiya qilish haqida buyruq bergan.
Suv toshqini va ko‘chki xavfini inobatga olgan holda fuqarolarga xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya qilingan. Shu paytda Nara prefekturasidagi Shimokitayama qishlog‘ida bir soat ichida 80 millimetr yomg‘ir yoqqan, Kumano shahrida esa 63 millimetr yog‘ingarchilik qayd etilgan.
Olimlar va ekspertlar bu tabiiy ofatni Yaponiyaning so‘nggi o‘n yilliklardagi eng kuchli va eng katta halokat keltirgan tornadosi sifatida baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!