AQShning Jorjiya shtatida joylashgan Hyundai zavodida immigratsiya reydi o‘tkazildi. Unda 300 dan ortiq Janubiy Koreya fuqarosi qo‘lga olinib, keyin maxsus samolyotda vatanga qaytarildi. Ulardan biri esa AQShda qolishni tanladi.
Janubiy Koreyada bu voqea katta norozilikka sabab bo‘ldi. Prezident Li Je Myung ishchilarni bunday uslubda qo‘lga olish ikki davlat o‘rtasidagi ishonch va investitsiyaga zarar yetkazishini aytdi.
Hyundai rahbari reyd sabab zavod ochilishi kamida ikki oyga kechikishini bildirdi. LG Energy Solution esa ayrim xodimlar vizaga ega bo‘lganini ta’kidladi.
Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi AQSh Kongressidan koreys kompaniyalari uchun yangi vizalar joriy etishni so‘ramoqda. Mutaxassislar bu voqea ikki davlat iqtisodiy hamkorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aytmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!