Polsha havo hududiga Rossiyaga tegishli dronlar kirib kelgani NATO davlatlarini tashvishga soldi. Chorshanba kuni ertalab Polsha osmonida uchta dron urib tushirildi, yana bir nechtasi sharqiy hududlarga qulab tushdi.
Hodisadan keyin Niderlandiya va Chexiya o‘z askarlari, artilleriya va havo mudofaa tizimlarini Polshaga yuborishini bildirdi. Germaniya NATOning sharqiy chegarasidagi faoliyatini kengaytirishini ma’lum qildi.
Polsha mudofaa vaziri Vladislav NATO hamkorlaridan kelayotgan real yordamni ijobiy baholadi. Unga ko‘ra, Niderlandiya 300 askar va havo mudofaa vositalarini, Chexiya esa yuz askar va vertolyotlar yuboradi. Britaniya va Fransiya ham qo‘shimcha samolyot yuborishi mumkinligi aytilmoqda.
Ekspertlar bu voqeani Rossiya tomonidan ataylab amalga oshirilgan sinov deb baholamoqda. Dronlar hujumi Belarus va Rossiyaning “Zapad-2025” nomli yirik qo‘shma mashg‘ulotlari boshlanishi arafasida yuz berayotgani mintaqada vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!