U platformada topgan pulini sigir boqishga sarflashga qaror qildi.
Fermer Bell taxallusi bilan tanilgan Avstraliyalik model OnlyFans’dan chiqib, faoliyatini keskin o‘zgartirdi. Endi u sigir boqish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda The Courier-Mail xabar berdi.
Qiz avtohalokatdan so‘ng ochiq mazmundagi kontent joylashtirishni boshlagan. Orqa jarohatlanishi tufayli u ishsiz qolgan. Aynan shu paytda u OnlyFans’da ro‘yxatdan o‘tishga qaror qildi va bu unga kutilmagan muvaffaqiyat keltirdi. Umumiy hisobda, Bell o‘z nashrlari orqali bir necha million dollar ishlab topdi.
Bu pullarning bir qismini kasal onasi va aka-uka, opa-singillariga yordam berishga sarfladi. Keyinchalik u oilaviy ishni davom ettirishga qaror qildi va qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullana boshladi. Shuningdek, u Kvinslend va Viktoriyada bir nechta obyektlar sotib oldi va Janubiy Bernettda chorvachilik xo‘jaligini yo‘lga qo‘ydi. Qiz o‘z fermalarida ishlaydi va ko‘rinishidan muvaffaqiyatli. Yaqinda u News Corp tomonidan tuzilgan "2025 yilning eng yaxshi yosh fermerlari" reytingida birinchi o‘rinni egalladi.