Isroil armiyasi G‘azo shahrida kuchli havo hujumlarini boshladi. Zarbalardan butun ko‘p qavatli uylar vayron bo‘ldi, ko‘plab oilalar xavfsizlik izlab uydan chiqishga majbur bo‘ldi. Isroil ma’lumotiga ko‘ra, 250 mingdan ortiq aholi shaharni tark etgan.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azoni Hamasning “oxirgi tayanchi” deb atamoqda. Biroq BMT bu harakatlar ocharchilikdan aziyat chekayotgan fuqarolarning ahvolini yanada og‘irlashtirishini ogohlantirdi. Aholi esa hujumlar ko‘pincha maktablar va boshpanalarga qaratilayotganini aytmoqda.
Ko‘plab oilalar tunda qorong‘ilikda shahardan qochib chiqmoqda. Janubga ko‘chish esa qimmat bo‘lgani sabab ayrimlar bunga imkon topa olmayapti. Shu bilan birga, Hamas aholiga joyida qolishni va chiqmaslikni targ‘ib qilmoqda.
Qatar hukumati ham Isroilni keskin tanqid qildi. Doha shahrida Hamas vakillariga qilingan hujumdan so‘ng, Qatar rasmiylari Netanyaxuni mintaqani o‘z manfaatiga mos qayta shakllantirishga urinayotganlikda aybladi. G‘azodagi sog‘liqni saqlash idorasi esa oxirgi kunlarda o‘nlab tinch aholining halok bo‘lganini ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!