date

Argentina xorijliklar uchun “tug‘ruq turizmi”ni qat’iy taqiqladi

Argentina xorijliklar uchun “tug‘ruq turizmi”ni qat’iy taqiqladi

So‘nggi yillarda Argentina hukumati xorijliklar orasida keng tarqalgan “tug‘ruq turizmi” amaliyotiga chek qo‘yish bo‘yicha qat’iy va mukammal choralarni joriy qildi. Bu haqda Argentina Respublikasining Rossiyadagi elchisi Enrike Ignasio Ferrer Viyeyra Rossiya ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Diplomat ta’kidlaganidek, endilikda Argentina hududida farzand ko‘rgan xorijliklar, jumladan rossiyalik fuqarolar ham, bola tug‘ilgandan so‘ng darhol mamlakat fuqaroligiga ega bo‘la olmaydi. Endi fuqarolik naturalizatsiya tartibi orqali beriladi va bunda shaxs 18 yoshdan katta bo‘lishi, mamlakat hududida doimiy yashash joyiga ega ekanligini rasman isbotlashi va kamida ikki yil mobaynida Argentinani tark etmay qonuniy hayot kechirgan bo‘lishi talab etiladi.

Viyeyra ta’kidlaganicha, ilgari ayrim rossiyalik ayollar Argentinaga vizasiz tashrif buyurib, homiladorligini yashirgan va davlatning bepul tibbiyot hamda ijtimoiy xizmatlaridan foydalanib, farzand tug‘ilgandan so‘ng mamlakatdan tezda chiqib ketgan. Shu sababli Argentina hukumati ushbu tartibni o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Rasmiy statistika ko‘rsatkichlariga ko‘ra, 2022–2023-yillar davomida Argentinaga 23 mingdan ortiq rossiyalik kirib kelgan. Ulardan katta qismi mamlakat fuqaroligini olishni maqsad qilgan, biroq ko‘pchiligi uzoq muddat qolmagan. Shu bilan birga, 2023-yilda Rossiyadan kelganlarga berilgan yashash ruxsatnomalari soni rekord darajaga chiqib, 3 700 taga yetdi.

Argentina hukumati migratsiya siyosatini qayta ko‘rib chiqish orqali davlatning ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olishni maqsad qilgan. Shu bilan birga, rasmiylar qonuniy tartibda mamlakatda yashashni istagan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashini ham ta’kidladi.

Shuningdek, ilgari Argentinaga tug‘ilgan bolaning ota-onasi pasport olishning soddalashtirilgan tartibidan foydalanib, fuqarolikka ariza topshirish uchun kutishga majbur bo‘lmagan. Endi esa bu imkoniyat ham tugatildi.

Argentina pasporti xalqaro miqyosda yuqori qudratga ega bo‘lib, 170 dan ortiq davlatga vizasiz sayohat qilish imkonini beradi. Shu sababli so‘nggi yillarda bu hujjatni olishga qiziqish sezilarli darajada oshgan edi.vv

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Argentina xorijliklar uchun “tug‘ruq turizmi”ni qat’iy taqiqladi