date

Litvada maktab o‘quvchilari dron boshqarishga o‘rgatilmoqda

Litvada maktab o‘quvchilari dron boshqarishga o‘rgatilmoqda
Litvada zamonaviy ta’lim dasturlari tobora yangi yo‘nalishlarni qamrab olmoqda. Mamlakatning markaziy qismida joylashgan Kedaynyay shahridagi maktabda 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar dronlardan foydalanish va ularni boshqarishga o‘rgatilmoqda. Jurnalistlar maktabga tashrif buyurib, tog‘ri qo‘llanma va zamonaviy jihozlar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganiga guvoh bo‘lishdi.

Litvaning norasmiy ta’lim agentligi direktori Valdas Yankauskasning ta’kidlashicha, bugungi kunda o‘quvchilarning kamida 10–15 foizi kelgusida muhandislik yoki ehtimol mudofaa sohasida ta’lim olishini kutish mumkin. Uning aytishicha, bu kabi dasturlar nafaqat o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, balki ularni kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini aniqlashda ham muhim ahamiyatga ega.

TASS tarqatgan xabarga ko‘ra, o‘quvchilar haqiqiy harbiy mashg‘ulotlarga o‘xshash sharoitda tajriba orttirmoqda. Ular maxsus shlemlardan foydalanib dronlarni boshqarishni o‘rganmoqda. Shu bilan birga, maktabdagi 3D-printerlar yordamida dronlarning ayrim qismlari ishlab chiqarilmoqda. Mashg‘ulotlarda qatnashgan o‘quvchilardan ba’zilari ommaviy axborot vositalari orqali dronlarning jang maydonlaridagi qo‘llanilishi bilan ham tanishib borishmoqda.

Bu dastur Litva Ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan moliyalashtirilmoqda. Dasturning umumiy qiymati 3,3 million yevro deb baholangan. Ayni paytda taxminan 300 nafar o‘quvchi mazkur mashg‘ulotlarga jalb etilgani ma’lum qilindi.

The Guardian nashri yozishicha, dastur turli yosh toifalari uchun alohida yo‘nalishlarda tashkil etilmoqda. Masalan, 8–10 yoshli 3–4-sinf o‘quvchilari oddiy dronlarni yig‘ish va boshqarishni o‘rgansa, kattaroq o‘quvchilar — ya’ni o‘rta maktab yoshiddagilar dron qismlarini loyihalash, ularni 3D-printerda tayyorlash hamda murakkabroq modellarni yig‘ish va samarali boshqarishni o‘rganishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Litvada maktab o‘quvchilari dron boshqarishga o‘rgatilmoqda