date

Avstraliya chiqindilarni 62% qisqartiradi

Avstraliya chiqindilarni 62% qisqartiradi
Avstraliya hukumati 2035-yilgacha chiqindilarni 2005-yil darajasiga nisbatan kamida 62 foizga qisqartirish majburiyatini oldi. Bungacha mamlakat 2030-yilgacha atigi 43 foiz qisqartirishni rejalashtirgandi. Bosh vazir Entoni Albanese bu qarorni “ilmiy asoslangan va amalga oshirish mumkin bo‘lgan reja” deb atadi.

So‘nggi yillarda Avstraliya kuchli qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari va yirik suv toshqinlari kabi iqlim ofatlariga duch keldi. Hukumat buyurtmasi bilan o‘tkazilgan maxsus hisobotda mamlakatda global isish 1,5 darajadan oshgani va barcha hududlar xavf ostida ekani ta’kidlandi.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, agar keskin choralar ko‘rilmasa, kelajakda issiq to‘lqinlar tufayli ko‘proq o‘lim holatlari, suv sifatining yomonlashuvi va dengiz sathining ko‘tarilishi kuzatiladi.

Shu bilan birga, Avstraliyaning iqlim siyosati ichki bahslarga sabab bo‘lmoqda. Hukumat mamlakatni “qayta tiklanuvchi energiya yetakchisi” qilishni maqsad qilgan bo‘lsa-da, katta gaz loyihalariga ham ruxsat bermoqda. Bu qarorlar ko‘plab ekologlar va siyosiy kuchlar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliya chiqindilarni 62% qisqartiradi