Nashr qator jiddiy asoslarni keltirib o‘tdi. Birinchi navbatda, AQSHda uy-joy qurilishi uchun tasdiqlanadigan ruxsatnomalar soni rekord darajada pasaygani qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich qurilish sohasiga va umuman iqtisodiy faoliyatga ta’sir etuvchi muhim signal hisoblanadi.
Ikkinchi jihat — Markaziy banklarning foiz stavkalari keskin ko‘tarilayotgani. Shu sababli biznes uchun kredit olish imkoniyatlari tobora cheklanmoqda, kredit oluvchilar soni sezilarli kamaymoqda. Bu esa yangi loyihalarni amalga oshirish va ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini qiyinlashtiradi.
Uchinchi omil sifatida AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi alohida qayd etilgan. Bu ikki yirik iqtisod o‘rtasidagi ziddiyatlar nafaqat ularning ichki bozoriga, balki jahon iqtisodiyotiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Eng xavotirli jihatlardan biri — retsessiya ehtimoli 60–80 foiz darajasida baholanayotgani. Bunday ko‘rsatkich iqtisodiy xavfning juda katta ekanini anglatadi.
Nashr ta’kidlagan ushbu omillarning barchasi 2008-yildagi jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi — Buyuk retsessiya arafasida ham kuzatilgandi. Demak, bugungi vaziyat ham o‘sha holatni eslatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!