date

Isroil Misr harakatlaridan xavotirda, AQSHga murojaat qildi

Isroil Misr harakatlaridan xavotirda, AQSHga murojaat qildi

Yaqin Sharqda vaziyat yanada murakkab tus olmoqda. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning ma’lum qilishicha, Misr tomoni Sinay yarimorolida harbiy qudratni keskin oshirgan va bu 1979-yilda imzolangan tarixiy tinchlik shartnomasiga zid holat sifatida baholanmoqda. Bu haqda Axios nashri xabar berdi.

Netanyahu bayonotiga ko‘ra, Qohira hech qanday izoh bermasdan G‘azo hududiga yaqin mintaqada aviabazalarni kengaytirish, yer osti inshootlarini barpo etish hamda qo‘shinlar sonini ko‘paytirishga kirishgan. Unga ko‘ra, bunday harakatlar mintaqadagi muvozanatga putur yetkazishi mumkin.

Misr esa o‘z navbatida bunday ayblovlarni rad etib, barcha harakatlar milliy xavfsizlik doirasida amalga oshirilayotganini ta’kidlamoqda. Qohiraning asosiy xavotiri – G‘azo aholisi Isroilning harbiy amaliyotlari ortidan Sinay yarimoroliga ommaviy qochqin sifatida kirib kelish ehtimoli.

Isroil esa aksincha, Misrni aynan qochqinlar uchun yo‘lni to‘sishda va G‘azodan chiqish imkoniyatlarini cheklashda ayblayapti. Netanyahuning fikricha, Qohiraning harakatlari nafaqat mintaqadagi vaziyatni murakkablashtiradi, balki Isroil va Misr o‘rtasidagi tarixiy tinchlik kelishuviga ham so‘roq belgisi qo‘yadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar yetarli samara bermagan. Shundan so‘ng Isroil AQSHga murojaat qilib, Vashingtondan Misrga bosim o‘tkazishni so‘ragan.

Misr esa o‘z pozitsiyasida qat’iy qolib, hech qanday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilmaganini urg‘u bilan ta’kidlamoqda.

Muttaxassislarning ta’kidlashicha, agar keskinlik shunday davom etsa, mintaqadagi noyob tinchlik shartnomasi xavf ostida qolishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Misr harakatlaridan xavotirda, AQSHga murojaat qildi