AQSh prezidenti Donald Tramp yoz davomida Ukraina va G‘azo bo‘yicha faol diplomatik harakatlar qilgan edi. Ammo endi u tashqi siyosatdan ko‘ra ichki muammolarga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.
So‘nggi kunlarda Rossiya samolyotlarining Estoniya va Polsha havo hududiga kirib kelishi Yevropada xavotir uyg‘otdi. Tramp bu vaziyatga keskin munosabat bildirmadi, faqatgina “katta muammo bo‘lishi mumkin” deb ogohlantirish bilan cheklangan.
Mutaxassislar Trampning bunday sust reaksiya qilishini uning avvalgi siyosatiga qaytishi sifatida baholamoqda. U NATO davlatlarini o‘z xavfsizligi uchun ko‘proq mas’uliyat olishga chaqirmoqda.
Yevropalik diplomatlar esa Trampning o‘zgaruvchan siyosatidan xavotirda. Ularning fikricha, AQShning qat’iy pozitsiyasi bo‘lmasa, Rossiya yanada faolroq harakat qilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!