date

Germaniyada makkajo‘xori dalasida 85 yoshli kishi halok bo‘ldi

Germaniyada makkajo‘xori dalasida 85 yoshli kishi halok bo‘ldi

Germaniyaning Saksoniya federal yerida joylashgan Troyen shahrida hosil yig‘im-terimi paytida yurakni titratuvchi fojea yuz berdi. Politsiya tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 85 yoshli erkak makkajo‘xori maydalagich kombaynga tushib ketgan va olgan og‘ir jarohatlari sabab hodisa joyidayoq hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, texnikani 39 yoshli fermer boshqarib turgan. U ertalabdan beri makkajo‘xori dalasini tozalash bilan shug‘ullanayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda qariya g‘o‘la ichida ko‘zga tashlanmay qolgan va kombayn harakatini to‘xtatmagan holda uni o‘z ichiga tortib ketgan.

Hodisa sodir bo‘lgan zahotiyoq qutqaruv xizmati va tibbiyot xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. Biroq ularning barcha sa’y-harakatlariga qaramasdan, qariyaning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu kabi holatlar qishloq xo‘jaligida xavfsizlik qoidalariga jiddiy e’tibor berish zarurligini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, katta yoshli fuqarolarning hosil yig‘im-terimi jarayonida texnikadan uzoqroq turishi va ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilinishi juda muhim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada makkajo‘xori dalasida 85 yoshli kishi halok bo‘ldi