date

Belgiya Falastinni tan oldi: dunyoga kuchli signal

Belgiya Falastinni tan oldi: dunyoga kuchli signal

Belgiya Falastinni davlat sifatida e’tirof etgan mamlakatlar qatoriga qo‘shildi.

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Bart De Vever BMT Bosh assambleyasi sessiyasida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belgiya hamisha ikki davlat yechimini qo‘llab-quvvatlab kelgan va bugun Nyu-York deklaratsiyasini imzolagan davlatlar safidan joy oldi.

"Faqat shunday yondashuv orqali Isroil va Falastin xalqlari tinchlik va xavfsizlikda birga yashash imkoniga ega bo‘ladi", — dedi De Vever.

U, shuningdek, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning Falastin davlatini rad etuvchi so‘nggi bayonotlariga ham e’tibor qaratdi. De Veverga ko‘ra, bu so‘zlar falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun yanada jiddiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

"Shu sababli Belgiya Falastin davlatini tan olgan davlatlar safiga qo‘shilib, butun dunyoga kuchli siyosiy signal yo‘llamoqda", — deya qo‘shimcha qildi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belgiya Falastinni tan oldi: dunyoga kuchli signal