XAMAS AQSH prezidenti Donald Tramp nomiga murojaat yo‘llab, G‘azo sektorida 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish kafolati evaziga garovdagilarning yarmini ozod qilishga tayyor ekanini bildirgan.
Fox News telekanali yozganiga ko‘ra, bu haqda muzokaralarda qatnashgan yuqori martabali ma’muriyat vakili ma’lumot bergan.
Xabarga qaraganda, maktub ayni damda Qatarda va shu hafta ichida Trampga yetkazilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Isroil oy boshida Dohada XAMAS yetakchilariga suiqasd uyushtirishga uringanidan keyin Qatar vositachiligidagi jarayonlar murakkablashgan. Shu bois 48 nafar garovdagini ozod qilishga oid muzokaralar to‘xtab qolgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar