date

AQSH vizasi to‘lovi 185 dollardan 435 dollarga oshirildi

AQSH vizasi to‘lovi 185 dollardan 435 dollarga oshirildi

1-oktyabrdan boshlab AQSH vizasi uchun yangi to‘lov tartibi kuchga kiradi. Endi immigratsion bo‘lmagan vizalar uchun, ya’ni AQSHga o‘qish, ishlash yoki sayyohat maqsadida borayotgan chet elliklar uchun viza to‘lovi 185 dollardan 435 dollarga ko‘tarildi. Bu o‘zgarish “Viza yaxlitligi to‘lovi” (Visa Integrity Fee) nomli yangi yig‘imning joriy etilishi bilan bog‘liq.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yig‘imning asosiy maqsadi noqonuniy migratsiyaga qarshi samarali kurashish, viza tizimini zamonaviylashtirish va migratsiya qonunchiligini buzgan shaxslardan kelib chiqadigan xarajatlarni qoplashdir.

Qo‘shimcha tarzda, 250 dollardan boshlanuvchi minimal yig‘im 185 dollarlik konsullik to‘loviga qo‘shiladi. Mutahassislar fikricha, kelgusida bu to‘lov miqdori yana oshirilishi mumkin.

Qoidaga ko‘ra, vizani qonun doirasida olgan xorijiy fuqarolar AQSH safaridan qaytgach, ushbu to‘lovni qaytarib olish huquqiga ega. Ammo Rossiya fuqarolari uchun mablag‘ rublda qaytarilishi tufayli valyuta kursi o‘zgarishi oqibatida moliyaviy xavflar paydo bo‘lishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Shu tariqa, AQSH vizasiga oid yangi to‘lov tizimi immigratsiya jarayonlaridagi qoidalarni yanada qat’iylashtirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan muhim qadam sifatida e’tirof etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH vizasi to‘lovi 185 dollardan 435 dollarga oshirildi