date

London meri Sodiq Xon Trampning tanqidlariga javob berdi

London meri Sodiq Xon Trampning tanqidlariga javob berdi

London shahar meri Sodiq Xon AQSH prezidenti Donald Trampning Tanqidlariga o‘z pozitsiyasini bildirdi. Uning ta’kidlashicha: "Men buni oldin ham aytganman va yana takrorlayman: yomon niyatli odamlarga e’tibor bermang, London dunyodagi eng buyuk va faol shaharlardan biri", — dedi Xon.

Eslatib o‘tamiz, Tramp BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida London shahrida "juda yomon mer borligini va u shaharda shariat qonunlarini joriy etishni istashini" aytib o‘tgan edi.

Xonning bu bayonoti xalqaro hamjamiyatga Londonning ochiq, ko‘pqirrali va zamonaviy shahar sifatidagi nufuzini tasdiqlaydi. U o‘z nutqida shahar aholisini va mahalliy jamoatchilikni ham ruhlantirib, ijobiy va konstruktiv yo‘nalishda harakat qilish zarurligini ta’kidladi.v

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » London meri Sodiq Xon Trampning tanqidlariga javob berdi