Avstraliyaning Kertin universiteti tadqiqotchilari kutilmagan kashfiyotga erishishdi. Ular avval ma’lum bo‘lmagan asteroid ta’siriga oid izlarni aniqlashgani haqida Earth and Planetary Science Letters jurnali yozdi.
Olimlar tadqiqot jarayonida tektitlar — osmon jismlari Yer bilan to‘qnashganda hosil bo‘ladigan tabiiy oyna turini tahlil qildilar. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, muzeyda saqlanayotgan namuna o‘ziga xos tarkibga ega bo‘lib, taxminan 11 million yil avval paydo bo‘lgan.
Qiyosiy tahlillar shuni ko‘rsatdiki, yangi topilgan tektitlar avval o‘rganilganlaridan deyarli 15 barobar qadimiy ekan. Bu esa ular hali qayd etilmagan butunlay boshqa kosmik voqea bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini anglatadi.
Shunga qaramasdan, ehtimoliy to‘qnashuvning katta ko‘lamiga qaramay, olimlar hozircha mazkur asteroidning zarba kraterini topishga muvaffaq bo‘lishmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!