date

Kopengagen aeroportida dron sabab reyslar to‘xtatildi

Kopengagen aeroportida dron sabab reyslar to‘xtatildi

Daniya politsiyasi Kopengagen aeroporti yaqinida yuz bergan dron voqeasi bo‘yicha katta hajmdagi videoyozuvlarni qo‘lga kiritdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uchta noaniq uchuvchisiz qurilma haqida xabar kelib tushganidan so‘ng tekshiruv boshlangan.

Poytaxt politsiyasi ma’lum qilishicha, tergov jarayonida guvohlarni so‘roq qilish, elektron va ashyoviy dalillarni yig‘ish, videokuzatuv yozuvlarini tahlil qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Dushanba kuni kechqurun yuz bergan hodisa bo‘yicha jamoatchilikdan ko‘plab videolarni qabul qildik”, — deya qo‘shimcha qildi huquq-tartibot idorasi vakillari.

Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, dronlar tufayli Kopengagen aeroporti 30 dan ziyod reyslarni boshqa yo‘nalishlarga jo‘natishga majbur bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kopengagen aeroportida dron sabab reyslar to‘xtatildi