date

Parij sudi sobiq prezident Sarkozini aybdor deb topdi

Parij sudi sobiq prezident Sarkozini aybdor deb topdi
Fransiyaning 23-prezidenti Nikolya Sarkozi korrupsiya ishi bo‘yicha aybdor deb topilib, besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Le Monde xabar berdi.

Mazkur ish Sarkozining 2007 yilgi prezidentlik saylovlari bilan bog‘liq. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, uning atrofidagilar Liviya hukumati bilan saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish bo‘yicha kelishgan. Summa 50 million yevroga yetgani aytilmoqda.

Sarkozining o‘zi bu holatni tan olgan, ammo asosiy ayblovlar — korrupsiya va Muammar Qaddafiy mablag‘lari hisobidan noqonuniy moliyalashtirish qisman olib tashlangan.

Sud jarayonida uning eng yaqin hamkorlari, sobiq vazirlar Klod Gayan va Bris Xortefeu ham aybdor deb topildi. Shu bilan birga, Sarkozi aybini rad etdi va ish siyosiy sabablarga ko‘ra qo‘zg‘atilganini ta’kidladi.

Hukmga apellyatsiya berilsa, uning ijrosi bir necha oy yoki yillarga kechikishi mumkin.

Liviya mablag‘lari bilan bog‘liq shubhalar ilk bor 2011 yilda paydo bo‘lgan. Kaddafiyning o‘zi ham Sarkozini qo‘llab-quvvatlash uchun millionlab yevro ajratilganini aytgan edi.

Bu Sarkozining uchinchi hukmi. 2024 yilda u korrupsiya va ta’sir o‘tkazishda aybdor deb topilgan, shuningdek, 2012 yilgi “Bigmalion” ishi bo‘yicha bir yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parij sudi sobiq prezident Sarkozini aybdor deb topdi