date

Rossiyada benzin yetishmasligi 360 zapravkani yopdi

Rossiyada benzin yetishmasligi 360 zapravkani yopdi

Rossiyada yoqilg‘i taqchilligi ortidan mamlakat bo‘ylab 360 ta yoqilg‘i quyish maskani ishini to‘xtatdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, hukumat benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2025 yil oxirigacha uzaytirgan. Shuningdek, neft ishlab chiqarmaydigan korxonalar uchun dizel mahsulotini tashqi bozorga chiqarishga ham cheklov saqlanib qolmoqda. Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Aleksandr Novakning ta’kidlashicha, bunday qaror ichki bozorda qo‘shimcha yoqilg‘i zaxiralarini ta’minlashga qaratilgan.

Anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksyonov aholiga videomurojaat yo‘llab, muammoni tan oldi va mahalliy fuqarolar hamda sayyohlardan sabr qilishni so‘radi. Uning aytishicha, AI-92 markali benzin bo‘yicha muammo ikki hafta ichida, AI-95 bo‘yicha esa ikki kun ichida hal etilishi kutilmoqda.

“Izvestiya” yozishicha, ta’minot uzilishlari Moskva va Moskva viloyati, Belgorod, Saxalin, Primore va Stavropol hududlarida kuzatilmoqda. “Kommersant’” esa oxirgi ikki oyda Ukraina dron hujumlari sabab Rossiyada neft qayta ishlash hajmi 10 foizga pasayganini, bu esa yoqilg‘i tanqisligi va 360 ta zapravkaning yopilishiga sabab bo‘lganini qayd etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada benzin yetishmasligi 360 zapravkani yopdi