date

NASA va olimlar 2024 YR4 asteroidini yo‘q qilish rejasini muhokama qilmoqda

NASA va olimlar 2024 YR4 asteroidini yo‘q qilish rejasini muhokama qilmoqda

Xalqaro arXiv olimlari guruhiga qo‘shilgan NASA mutaxassislari 2024 YR4 asteroidini Yer yoki Oy bilan ehtimoliy to‘qnashuvdan oldin yadroviy zarba yordamida yo‘q qilish g‘oyasini taklif qilishdi. Jamoa saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu mavzuda bir nechta ssenariy ko‘rib chiqilmoqda.

Tadqiqotchilar ikki yo‘lni taklif qilishgan. Birinchi variant — asteroidning orbitasini o‘zgartirish, uning harakat yo‘nalishini boshqa tomonga burish. Ikkinchi variant esa kuchli yadro quroli bilan zarba berishdir. Olimlarning hisobicha, quvvati bir megatonna atrofidagi yadroviy qurol asteroidni butunlay parchalash uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

So‘nggi qaror 2028-yilning oxirlarida qabul qilinadi. Bu vaqtda 2024 YR4 Yerga yaqinlashib, xavf darajasi yana bir bor baholanadi.

Asteroid 2024-yil dekabr oyida aniqlangan bo‘lib, diametri taxminan 60 metr. Unga ko‘ra, fazoviy jism shakli kartoshkaga emas, balki xokkey shaybasiga o‘xshaydi. Qolaversa, u juda katta tezlikda aylanadi — har 20 daqiqada o‘z o‘qi atrofida to‘liq aylanishni amalga oshiradi. Tadqiqotchilar fikricha, u Mars va Yupiter oralig‘idagi asosiy kamardan ajralib chiqqan va tarkibi silikat moddalarga boy.

Hozirgi baholarga ko‘ra, 2024 YR4ning Yerga urilish ehtimoli 0,28 foiz, Oyga to‘qnashishi esa 4 foiz atrofida.

Ikkala holatda ham oqibatlar nihoyatda salbiy bo‘lishi mumkin. Yer bilan to‘qnashuvda portlash kuchi Hirosimadagi atom zarbasidan 2000 baravar kuchliroq bo‘ladi. Agar asteroid Oyga urilishini amalga oshirsa, u holda ulkan chang zarralari tarqalib, sun’iy yo‘ldoshlar, kosmik teleskoplar va fazoviy stansiyalarni yo‘q qilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NASA va olimlar 2024 YR4 asteroidini yo‘q qilish rejasini muhokama qilmoqda