Xorvatiyaning Dubrovnik shahri so‘nggi yillarda sayyohlarning ortib ketishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Shahar aholiga nisbatan 27 barobar ko‘p sayyoh qabul qilmoqda, bu esa mahalliy hayotga va tarixiy merosga salbiy ta’sir qilmoqda.
Hokim Mato Frankovich turizm oqimini boshqarish uchun yangi choralarni joriy etdi. Endilikda kemalar soni kuniga ikkita bilan cheklanadi va ular kamida sakkiz soat shaharda qolishi shart bo‘ladi. Dubrovnik Pass orqali shahar devorlari va muzeylarga tashrif vaqt bo‘yicha oldindan bron qilinadi.
Shuningdek, tarixiy hududdagi binolar sotib olinib, yosh oilalarga ijaraga berilmoqda. Sobiq saroyda maktab ochilishi esa shahar markazida aholining qaytishiga yordam bermoqda. Bu qadamlar qisqa muddatli ijara va shovqinli sayyohlikni kamaytirishga qaratilgan.
Mutaxassislarning fikricha, Dubrovnik turizmni to‘liq to‘xtatmasdan, uni boshqarish orqali shaharni asrab qolmoqda. Hokimning aytishicha, maqsad – aholining hayot sifatini yaxshilash va sayyohlikni uzoq muddatli barqaror darajaga keltirish.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!