date

Chikagoda noqonuniy muhojirlarni ommaviy hibsga olish boshlandi

Chikagoda noqonuniy muhojirlarni ommaviy hibsga olish boshlandi
AQSHning Chikago shahrida federal agentlar hujjatsiz muhojirlarni ommaviy tarzda hibsga olish amaliyotini boshladi. Bu haqda ABC 7 telekanali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurollangan bojxona va chegara qo‘riqlash agentlari shahar markazida joylashgan va ko‘plab hibsga olish ishlarini amalga oshirmoqda.

Illinoys gubernatori Jey Pritsker huquq-tartibot idoralari harakatlarini keskin qoraladi. Uning ta’kidlashicha, bu amaliyot jamiyatda qo‘rquv uyg‘otib, biznes muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Chikago meri Brendon Jonson esa vaziyatni «shaharni harbiylashtirish va aholi orasida qo‘rquv tarqatish» deb baholadi. U Chikago aholisini AQSH Konstitutsiyasida kafolatlangan huquqlarini unutmaslikka chaqirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chikagoda noqonuniy muhojirlarni ommaviy hibsga olish boshlandi