
BMT Bosh Assambleyasida 41 daqiqa nutq so‘zlagan Benyamin Netanyahu emas, balki nutq boshlanishi arafasida yuz bergan voqea asosiy bahs mavzusiga aylandi. Yirik mamlakatlar va ko‘plab arab davlatlari nutq boshlanishi bilan zalni tark etdi yoki umuman qatnashmadi.
Isroil ma’lumotiga ko‘ra, jami 77 davlat delegatsiyasi nutq paytida yo‘q edi. Ular orasida Misr, Urdun, Livan, Suriya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Eron hamda O‘zbekiston ham bor. Pokiston vakillari esa zaldan chiqib ketib, chetda turib nutqni eshitgani qayd etildi.
Shu bilan birga, 2020 yilda “Ibrohim kelishuvlari”ga qo‘shilgan BAA va Bahrayn delegatsiyalari nutqni tinglash uchun o‘rinlarida qoldi. Bu G‘azodagi urush va G‘arb sohilidagi hududlarni anneksiya qilish chaqiriqlariga qaramay sodir bo‘ldi.
Ko‘plab OAVlar bo‘sh qolgan zal suratini asosiy xabar sifatida yoritdi. Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy ham ushbu suratlarni tarqatib, Isroilni “eng nafratli va yakkalangan rejim” deb atadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.