date

12 davlat Falastinga moliyaviy yordam berishga kelishishdi

12 davlat Falastinga moliyaviy yordam berishga kelishishdi
Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni kabi qator mamlakatlardan iborat 12 davlat Falastin ma’muriyatini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi xalqaro koalitsiya tuzdi, deb Fransiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Bu donorlar koalitsiyasining asosiy maqsadi — Falastinning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ma’muriy tizimni saqlab qolish va aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishini davom ettirishdir.

Mazkur tashabbus Isroil hukumati tomonidan Falastinning soliq va bojxona tushumlarini ushlab qolish ortidan yuzaga kelgan moliyaviy inqirozga javob sifatida qabul qilingan.

Koalitsiya a’zolari Falastinga kamida 170 million dollar yordam berishga va’da bergan. Undan 90 million dollari Saudiya Arabistoni tomonidan ajratiladi.

Shuningdek, koalitsiya Isroilni Falastinning moliyaviy tushumlarini zudlik bilan o‘tkazishga va ma’muriyat faoliyatiga to‘siq qo‘ymaslikka chaqirdi.

Hozirga qadar jahondagi 150 dan ortiq davlat Falastinni rasman mustaqil davlat sifatida tan olgan. Bu xalqaro tan olish, Falastinning o‘z-o‘zini boshqarish jarayonini yanada kuchaytirishga zamin yaratishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 12 davlat Falastinga moliyaviy yordam berishga kelishishdi