Xitoy sudi Myanmada faoliyat yuritgan mashhur Ming mafiyasi a’zolari ustidan hukm chiqardi. BBC'ning yozishicha, jami 39 kishi sud qilingan bo‘lib, ulardan 11 nafari o‘lim jazosiga hukm etildi.
Mafiya oilasining qolgan a’zolari ham og‘ir jazolarga tortildi: 5 kishi kechiktirilgan o‘lim jazosini oldi, 11 nafari umrbod qamoqqa hukm qilindi, qolganlar esa 5 yildan 24 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.
Ming oilasi Myanmaning Laukkay shahrida noqonuniy kazinolar, giyohvandlik savdosi va firibgarlik markazlarini boshqarib kelgan. Ularning rahbari ikki yil oldin isyonchilar hududni nazoratga olgach, o‘z joniga qasd qilgan edi.
Sud materiallariga ko‘ra, oila 2015 yildan beri turli jinoyatlar bilan shug‘ullanib, milliardlab dollar noqonuniy daromad olgan. Ular boshqargan qimorxonalar orqali Xitoy va mintaqa davlatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Xitoy sudi Ming mafiyasi a’zolarini o‘limga hukm qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar