3-oktyabr kuni Rossiya OAV Ibragim Suleymanovning qotillikka aloqador jinoyatlar sodir etishda gumonlanib hibsga olingani haqida xabar qildi. Suleymanovning nomini “soyadagi milliarder” deb atashadi, chunki uning ish faoliyati va shubhali munosabatlari ko‘p yillar davomida ko‘pchilikning e’tiborini jalb etgan. Moskvaning Basman rayon sudi uni 2-dekabrga qadar hibsda saqlash to‘g‘risida hukm chiqargan.
Xabarlarga ko‘ra, Suleymanovning ayblanishiga ayni vaqtda, 2000-yillarda moliyaviy sog‘lomlashtirish va bankrotlik bo‘yicha federal xizmat rahbari bo‘lgan Georgiy Talning o‘limi aloqador. Tal 2004-yilda otib o‘ldirilgan. Shuningdek, Suleymanov «Vnukovskiye avialinii» aviakompaniyasining bosh direktori Gennadiy Borisovning o‘limi bilan ham aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Borisov 1999-yilda pichoqlab o‘ldirilgan.
Bu Ibragim Suleymanovning avvalgi hibsga olinishi emas. U 2004-yil oktyabrda tovlamachilik va 4,5 million dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblangan, 2007-yilda esa tovlamachilik, mablag‘larni legallashtirish, kuch ishlatish bilan tahdid qilish va noqonuniy qurol saqlashda aybdor deb topilib, 10-yil 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. 2015-yilda Suleymanov muddatidan oldin ozodlikka chiqarilgan.
Ibragim Suleymanov 1967-yilda Dog‘istonda tug‘ilgan va 1990-yillarda transport va aviatsiya sohasida o‘z biznesini qurgan. U «Rosaviakonsorsium»ning asoschilaridan biri bo‘lib, aviatashuvlarning katta qismini nazorat qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda Suleymanov va uning o‘g‘li Rasul «Sirena-trevel» IT-kompaniyasining benefitsiari bo‘lgan. Bu kompaniya Rossiyadagi barcha aviachiptalarning 80 foizini Leonardo tizimi orqali bron qilish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, u «Miksvel» MCHJ va «Universus» MCHJda ham ulushlarga ega.
Suleymanovning o‘ziga xos biznes va shaxsiy hayoti juda ko‘p insonlarning e’tiborini jalb etgan. Bundan tashqari, u o‘zining ayni vaqtdagi huquqiy va iqtisodiy muammolari bilan ham kundalik axborot agentliklarida tilga olinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!