Rossiya Mudofaa vazirligining Sochidan uchgach aviadispetcherlar bilan aloqaga chiqmagan Tu-154 samolyoti bo‘yicha navbatdagi tafsilotlar ma’lum qilinmoqda.
"Interfaks" agentligi xabariga ko‘ra, samolyot Sochidan Moskva vaqti bilan soat 5:20da parvozga chiqqan va 20 daqiqadan keyin radarlardan yo‘qolgan. Uning bortida harbiylar bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Laynerni qidirish ishlari boshlangan.
RIA "Novosti" agentligi aniqlik kiritishicha, layner avvaliga Moskva yaqinidagi "Chkalovskiy" aerodromidan havoga ko‘tarilgan, Sochida esa yoqilg‘i to‘ldirilgan.
"Interfaks"ning aniqlik kiritishicha, samolyot bortida avval aytilganidek, 70 kishi emas, 83 yo‘lovchi va ekipajning 8 a’zosi bo‘lgan.
RF Mudofaa vazirligi Tu-154 radarlardan yo‘qolganini tasdiqladi. Laynerni qidirish ishlariga Krasnodar o‘lkasi va qo‘shni hududlardagi barcha qutqaruv xizmatlari jalb etildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”