Radarlardan g‘oyib bo‘lgan samolyotning qoldiqlari dengizdan topildi

Dunyo1 daqiqa o'qish309
Radarlardan g‘oyib bo‘lgan samolyotning qoldiqlari dengizdan topildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Pokiston hukumati Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahridan Karachiga uchib ketayotgan va radarlardan g‘oyib bo‘lgan K2 Airways aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-400 yuk samolyotining qoldiqlari topilganini tasdiqladi.
  • Havo kemasining parchalari Arabiston dengizida, Ormara shahridan taxminan 98 kilometr janubda aniqlangan bo‘lib, ayni paytda qidiruv-qutqaruv xizmatlari bortdagi besh nafar xodimni izlash ishlarini davom ettirmoqda.

Pokiston hukumati 7 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahridan Karachiga parvoz qilayotgan va yo‘lda radarlardan g‘oyib bo‘lgan Boeing 737-400 rusumli yuk samolyotining qoldiqlari topilganini ma’lum qildi. Bu haqda Flightradar24 aloqa direktori Yan Petchenik xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, K2 Airways aviakompaniyasiga tegishli havo kemasining qoldiqlari Arabiston dengizida, Ormara shahridan taxminan 98 kilometr janubda aniqlangan. Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv xizmatlari ekipaj a’zolarini izlash ishlarini davom ettirmoqda. Samolyot bortida ikki nafar uchuvchi, ikki bort muhandisi hamda bir texnik xizmat xodimi bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Karachi port shahridan taxminan 250 kilometr g‘arbda, Arabiston dengizi ustida radarlardan yo‘qolgan. Pokiston aeroportlari boshqarmasi bildirishicha, radar tizimlari havo kemasi qisqa vaqt ichida keskin balandlik yo‘qotganini va parvoz yo‘nalishini o‘zgartirganini qayd etgan. Bundan bir necha daqiqa oldin esa uchuvchi navigatsiya tizimida yuzaga kelgan muammolar haqida dispetcherlarga xabar bergan.

Flightradar24 parvozlarni kuzatish xizmatiga ko‘ra, ADS-B texnologiyasi orqali olingan dastlabki ma’lumotlar samolyot bilan halokat yuz bergan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif halokat munosabati bilan ekipaj a’zolarining oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Qidiruv-qutqaruv ishlarini Pakistan Airports Authority davlat agentligi muvofiqlashtirmoqda. K2 Airways aviakompaniyasi esa barcha favqulodda xizmatlar bilan yaqin hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, ushbu Boeing 737-400 samolyoti dastlab yo‘lovchi tashish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, 1999 yilda Aeroflot aviakompaniyasi parkiga qo‘shilgan. Keyinchalik, 2004 yilda Garuda Indonesia tarkibida xizmat qilgan. 2012 yilda esa yuk samolyotiga qayta jihozlanib, avval TNT Airways, keyinroq ASL Airlines tomonidan ekspluatatsiya qilingan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?