17:51 / 25.12.2016
7 343

Halokatga uchragan Tu-154 samolyoti bortida Termizda tug‘ilgan dirijyor va bastakor Valeriy Xalilov bo‘lgani ma’lum qilindi

Halokatga uchragan Tu-154 samolyoti bortida Termizda tug‘ilgan dirijyor va bastakor Valeriy Xalilov bo‘lgani ma’lum qilindi

Rossiya mudofaa vazirligi halokatga uchragan Tu-154 samolyoti bortida bo‘lgan 92 kishining ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida Aleppoda konsert berishi rejalashtirilgan Aleksandrov nomli ashula va raqs akademik ansamblining 64 a’zosi, jumladan, jamoa rahbari Valeriy Xalilov bor. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Termiz shahrida 1952 yilda tug‘ilgan dirijyor va bastakor, general-leytenant, Rossiya xalq artisti Valeriy Xalilov shu yil aprelida ansambl badiiy rahbari etib tayinlangandi. U «Spass minorasi» xalqaro harbiy-musiqiy festivali rahbari edi.

Farzandi tug‘ilgani sababli uyda qolgan ansamblning etakchi solisti Vadim Ananevga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot bortida jamoa xorining o‘zi va yana ikki solistdan tashqari barcha ishtirokchisi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Halokatga uchragan Tu-154 samolyoti bortida Termizda tug‘ilgan dirijyor va bastakor Valeriy Xalilov bo‘lgani ma’lum qilindi