Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qora dengizga qulagan Tu-154 samolyoti qurbonlari xotirasiga 26 dekabrni umumilliy motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Halokatga uchragan samolyot bortida 92 kishi bo‘lgan. Rossiya Mudofaa vazirligi axborotiga ko‘ra, katta ehtimol bilan, yo‘lovchilarning bari halok bo‘lgan.
Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti 25 dekabr tongida Sochida qayta yonilg‘i olganidan so‘ng, Qora dengizga quladi. Samolyot Moskva viloyatidan Suriyaga uchayotgan edi.
Yo‘lovchilarning aksariyati Aleksandrov nomidagi ashula va raqs ansambli a’zolari bo‘lgan. Bortda, shuningdek, Rossiya «Birinchi kanali», «NTV» va «Zvezda» telekanallarining tasvirga olish guruhlari ham bo‘lgan.
Rossiya Mudofaa vazirligidan ma’lum qilishlaricha, samolyotda «Adolatli yordam» jamg‘armasi ijrochi direktori Elizaveta Glinka (Doktor Liza) ham bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi