date

Qoraqalpog‘istonda poyezd va KAMAZ to‘qnashdi

Qoraqalpog‘istonda poyezd va KAMAZ to‘qnashdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida yo‘lovchi tashuvchi poyezd va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 6 oktyabr kuni soat 15:31 da Qo‘ng‘irot mintaqaviy temiryo‘l uzeliga tegishli To‘rtko‘l — Ellikqal’a stansiyalari orasidagi 531 km 8-piketdagi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida 128-sonli Qo‘ng‘irot — Andijon yo‘lovchi poyezdi harakat vaqtida signal belgilarini inobatga olmagan KAMAZ avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.

Yo‘lovchi poyezdida 216 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ularga zarar yetmagan. KAMAZ haydovchisi jarohat olib, shifoxonaga jo‘natilgan. Hodisa oqibatida poyezd harakati vaqtincha to‘xtagan va 16:15 da boshqa teplovoz yordamida yo‘lni davom ettirgan.

Hozirda hodisa joyida tegishli idoralar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qoraqalpog‘istonda poyezd va KAMAZ to‘qnashdi